«Onam meni bolalar uyiga olib borib, o‘sha yerda qoldirgan» — Maryam Tillayeva onasi bilan munosabati haqida

2-oktabr 2026 10:24 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
«Onam meni bolalar uyiga olib borib, o‘sha yerda qoldirardi» — Maryam Tillayeva onasi bilan munosabati haqida
Foto: Maryam Tillayeva instagram sahifasidan

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillayeva jurnalist Nadejda Strelesga bergan intervyusida onasi Lola Karimova bilan murakkab munosabatlari haqida gapirdi. Uning aytishicha, bolaligida onasi uni bolalar uyiga olib borib, o‘sha yerda qoldirgan holatlar bo‘lgan.

Tillayevaning so‘zlariga ko‘ra, bu voqealar uning onasi bilan munosabatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.

«Onamdan juda ko‘p xafa bo‘lganman»

Shuningdek, o‘qing: Lola Karimova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini ma’lum qildi

Maryam bir paytlar onasidan qattiq ranjiganini, keyinchalik esa uning holatini tushunishga harakat qilganini aytdi.

«Bir paytlar onamdan juda ko‘p xafa bo‘lganman. Ammo vaqt o‘tib, u ham bu hayotni birinchi marta yashayotgan, ona rolida ham birinchi marta bo‘lgan adashgan inson ekanini tushundim», – dedi Tillyayeva.

Shu bilan birga, u oilaviy hayotiga oid barcha tafsilotlarni ochiqlashga tayyor emasligini ta’kidladi.

«Ko‘p narsalarni aytmayman va ehtimol, hech qachon aytmayman. Chunki hamma ham tushuna olmaydi, ba’zida esa odamlar boshqaning og‘rig‘idan uning o‘ziga qarshi foydalanadi», – dedi u.

«Bu hayotimning og‘riqli qismi»

Tillayeva onasi bilan munosabatlari hozir ham uning uchun murakkab mavzu bo‘lib qolayotganini bildirdi.

«Onam bilan munosabatlarim haqida gapiradigan bo‘lsam, afsuski, bu hayotimning ko‘proq salbiy qismi. Lekin bir kun kelib munosabatlarimiz hech bo‘lmaganda ikki inson o‘rtasidagi tinch va normal munosabatga aylanishiga umid qilaman», – dedi Maryam.

Sobiq turmush o‘rtog‘i haqida ham gapirdi

Intervyuda Maryam Tillyayeva sobiq turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarov bilan nikohi haqida ham gapirib, o‘sha munosabatlarda hissiy va jismoniy zo‘ravonlikka duch kelganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kuyovi Arno unga oilasi bilan munosabatlarini qayta tiklashda yordam bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Sevgi uchun stavka» shousining ikkinchi mavsumi oltinchi sonida Maryam Tillayeva va Arno Kosyan kutilmaganda loyihani tark etish xavfi ostida qolgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek