Qoraqalpog‘istonlik 6,5 ming abituriyent uchun qo‘shimcha qabul natijalari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
56,7 va undan yuqori ball olganlar qatnashdi
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qoʻshimcha oliy ta’lim kvotalari yaratildi
Foto: Telegram

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun ajratilgan 6 500 ta qo‘shimcha qabul o‘rni bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ko‘ra, qabul hududlardagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlariga to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha qabulda Qoraqalpog‘istonda doimiy yashovchi, shu hududdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan abituriyentlar ishtirok etdi.

56,7 va undan yuqori ball olganlar qatnashdi

Tanlovga kirish imtihonlarida 56,7 ball yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq avval talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar jalb qilindi.

Natijalarni shakllantirishda abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan.

Shuningdek, o‘qing: Talabaga to‘langan ish haqining 50 foizini subsidiyalash taklif qilindi

Natijani qayerdan ko‘rish mumkin

Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yoki mandat.uzbmb.uz saytida ID raqamini kiritib tekshirishi mumkin.

Tanlov natijalari bo‘yicha qaydnomalar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga rasmiylashtirish uchun yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2 – 6-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul o‘rni uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Shuningdek