Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi vositalar sotgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan vositalarni noqonuniy sotish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Tezkor tadbir Departamentning Piskent tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.
80 dona vosita 24 mln so‘mga sotilgan
Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 80 dona vositani boshqa shaxsga 24 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, o‘qing: Uchko‘prikda 9,1 mlrd so‘mlik gaz noqonuniy ishlatilgan
Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-6-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur modda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samarqandda noqonuniy umra tashkilotchisi ushlangani haqida yozgan edi.