Apple muammolar sabab iPhone 18 Pro Max qurilmalarini qaytarib olmoqda

eʼlon qilindi
Muammo yuzaga kelgan qurilmalar bepul almashtirib beriladi, qolgan foydalanuvchilarga tizimni yangilash tavsiya etildi
Foto: Macrumors

Apple kompaniyasi AQShda ba’zi iPhone 18 Pro Max qurilmalarida aloqa signali yo‘qolishi va qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yo‘qligini tan oldi. Bu haqda 9to5Mac xabar bermoqda.

Aloqa uzilishlari va sabablari

Muammo, asosan, AT&T operatori tarmog‘idagi ayrim foydalanuvchilarda kuzatilmoqda. Ular uyali aloqa signali butunlay yo‘qolib, hududda tarmoq bo‘lishiga qaramay, qo‘ng‘iroq qila olmayotganidan shikoyat qilishgan. Qiziqarli jihati shundaki, bu holat faqat AQSh bozori uchun mo‘ljallangan iPhone 18 Pro Max rusumlariga xosdir.

Chunki ularda Apple’ning xususiy C2 modemi o‘rniga Qualcomm modemi o‘rnatilgan. AQShdagi iPhone 18 Pro va boshqa mamlakatlar uchun chiqarilgan iPhone 18 Pro Max rusumlarida esa C2 modemi ishlatilgani sababli bunday muammo qayd etilmagan.

Apple’ning yechimi va tavsiyalari

Apple vakillari muammo allaqachon yuzaga kelgan va aloqasi uzilgan smartfonlarni bepul tarzda yangisiga almashtirib berishini ma’lum qildi. Hozircha muammoga duch kelmagan foydalanuvchilar esa qurilmaning buzilishini oldini olishlari mumkin. Buning uchun tizimni iOS 27.0.1 versiyasigacha yangilash va operatorning yangi sozlamalarini yuklab olish talab etiladi. Bu sozlamalar avtomatik yoki qo‘lda o‘rnatilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv nashri iPhone 18 Pro smartfonida kamchilik aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek