Zafar Hoshimov Prezident Administratsiyasidagi huzuridagi maxsus ishchi guruhga rahbarlik qiladi

Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil qilinmoqda va unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot markazi xabar berdi.
Yangi ishchi guruhning maqsadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ushbu hujjat ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qabul qilingan. Farmonga ko‘ra, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifalari belgilangan. Yangi tashkil etilayotgan maxsus ishchi guruh aynan shu yo‘nalishlarda umummilliy konsepsiyani ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Guruh tarkibi
Maxsus ishchi guruhga jamoatchilik asosida rahbar etib tayinlangan Zafar Hoshimov boshchiligida tajribali mutaxassislar jalb qilinadi. Ular orasida ta’lim muassasalarini tashkil etish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar o‘rin oladi. Zafar Hoshimov o‘zining tadbirkorlik tajribasi orqali ta’lim sohasida innovatsion va amaliy yondashuvlarni olib kirishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» nashri Prezident administratsiyasi va Ta’lim vazirligida tayinlovlar amalga oshirilgani haqida xabar bergan edi.