Zangiotada yangi temir yo‘l o‘tkazgichi ochildi

eʼlon qilindi
Yangi ko‘prik va yo‘llar qurildi
Zangiotada yangi temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi
Videodan ekran tasviri

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida «Sobir Rahimov – O‘rtaovul» bekatlari oralig‘ida yangi temir yo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabar berdi.

Loyiha doirasida uzunligi 23,6 metr bo‘lgan ikki yo‘llik yangi temir yo‘l ko‘prigi qurildi.

Shuningdek, 1,2 km uzunlikdagi aylanma temir yo‘l va avtomobil yo‘li barpo etildi. 800 metr kontakt tarmog‘i ko‘chirildi, zamonaviy avtomobil va piyodalar yo‘laklari qurildi.

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

Qurilish davomida 60 ming kub metrga yaqin tuproq ishlari bajarilib, yomg‘ir va qor suvlarini xavfsiz chiqarish uchun maxsus suv o‘tkazgichlari ham o‘rnatildi.

Tirbandlik kamayishi kutilmoqda

«O‘zbekiston temir yo‘llari» ma’lumotiga ko‘ra, yangi o‘tkazgich Zangiota tumani aholisi va hududdan tranzit o‘tuvchi yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi.

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

Obyekt transport oqimini tartibga solish, tirbandliklarni kamaytirish, vaqtni tejash va avtomobil yo‘llaridagi yuklamani pasaytirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 2027-yil yana uchta yirik yo‘lo‘tkazgich qurilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek