Hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi

eʼlon qilindi
6 – 9-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi
Hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi
Foto: depositphotos

5 – 9-oktabr kunlari O‘zbekistonning katta qismida asosan quruq ob-havo kuzatiladi. 5-oktabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 7 – 9-oktabrga kelib esa kunduzgi harorat 20–25 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

6 – 9-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi

6 – 9-oktabr kunlari respublika bo‘yicha, asosan, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 6-oktabr kuni kechasi harorat 5–10 daraja, shimoliy hududlarda 2–7 daraja iliq, kunduzi esa 15–20 daraja bo‘ladi.

7 – 9-oktabrda havo asta-sekin isib, kechasi 10–15 darajagacha, kunduzi esa 20–25 darajagacha ko‘tariladi.

Tog‘larda qor yog‘ishi mumkin

5-oktabr kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi va sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. 6 – 9-oktabr kunlari tog‘li hududlarda ham asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida 8 – 9-oktabr kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkentda harorat 25 darajagacha ko‘tariladi

Toshkentda hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 – 6-oktabr kunlari kunduzgi harorat 17–20 daraja bo‘ladi.

7 – 9-oktabrda havo asta-sekin isib, kunduzgi harorat 22–25 darajagacha yetadi. Kechasi 6 – 7-oktabrda 7–10 daraja, 8 – 9-oktabrda esa 12–15 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda ilk qor yog‘gani haqida xabar berilgandi. Xususan, 4-oktabrda Oqto‘be viloyatining Xromtau shahri va Aqjar hududida ko‘chalar qor bilan qoplandi, Ostonada ham 5-oktabr kuni yomg‘ir qorga aylandi.

Shuningdek