
Krishtianu Ronalduning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezusni tanqid qilgan izoh qoldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Marca yozmoqda.
Nashrga ko‘ra, Rodrigesning reaksiyasi Ronaldo va Portugaliya terma jamoasi atrofidagi so‘nggi mojaro fonida yuz bergan. Keyinchalik u izohni o‘chirib tashlagani aytilmoqda.
Fergyuson nomidan tarqalgan gapga javob bergan
Xabarlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Aleks Fergyusonga nisbat berilgan fikr tarqalgan. Unda, agar Jorje Jezus Ronalduni maydonga tushirish niyatida bo‘lmagan bo‘lsa, nega uni umuman terma jamoaga chaqirgani savol ostiga olingan.
Shundan so‘ng Jorjina Rodriges Instagram’da keskin izoh qoldirgani aytilmoqda.
«Bu odam qanday qilib Masih nomini ko‘tarib yurishi mumkinligini bilmayman», – deya yozgani xabar qilinmoqda.
Izoh keyinchalik o‘chirib tashlangan
Marca ma’lumotiga ko‘ra, Rodriges mojaro yanada avj olmasligi uchun izohni tezda o‘chirib tashlagan bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, nashr Fergyusonga nisbat berilgan dastlabki bayonotning haqiqiyligi borasida savollar mavjudligini ham qayd etgan.
Ronaldo va Jezus mojarosi davom etmoqda
Krishtianu Ronaldo Portugaliya terma jamoasining Norvegiyaga qarshi uchrashuvini zaxirada boshlagan, keyinchalik esa maydonga tushirilmagan.
Shundan so‘ng Jorje Jezus futbolchi Daniyaga qarshi o‘yinda ham maydonga tushmasligini bildirgan. Oradan ko‘p o‘tmay, Ronaldo terma jamoa qarorgohini tark etgan.
Futbolchi keyinchalik Portugaliya muxlislariga voqea yuzasidan o‘z versiyasini aytishini ma’lum qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Ronaldu va Jezus o‘rtasidagi ziddiyat karikaturaga aylangani haqida yozgan edi.