Latviya IIV O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha to‘xtatishni taklif qildi

Latviya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni ma’lum muddatga to‘xtatib turishni taklif qildi. Ushbu xabar 2026-yilning 29-sentabrdagi Latviya hukumati yig‘ilishilida ma’lum qilindi. Bunga O‘zbekiston fuqarolari Latviyaga kelganidan ko‘p o‘tmay bir necha jinoyat, jumladan, voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar sodir etgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Vazirlik bu masalani hukumat muhokamasiga kiritmoqchi.
«Latviyaga kelganidan qisqa vaqt o‘tib bir necha O‘zbekiston fuqarosi jinoyat, jumladan, voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar sodir etgan vaziyatda biz chora ko‘rishimiz shart. Shu sabab O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni ma’lum muddatga to‘xtatishni taklif qilmoqdamiz. Bu davrdan O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilib, jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan shaxslarning Latviyaga kirib kelishining oldini olish uchun foydalanmoqchimiz», – dedi Latviya ichki ishlar vaziri Yanis Dombrava.
Taklif hali tasdiqlanmagan
Latviya qonunchiligiga ko‘ra, hukumat ichki xavfsizlik va jamoat tartibiga ta’sirni baholab, muayyan uchinchi davlat fuqarolaridan viza arizalarini qabul qilish va ularning mamlakatga kirishini vaqtincha cheklashi mumkin.
Biroq koalitsiya hamkorlari ushbu masalani joriy yilning 29-sentabrdagi hukumat yig‘ilishi kun tartibiga kiritishga tayyor bo‘lmagan. Ichki ishlar vazirligi taklif keyingi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishini kutmoqda.