Ohangaronda tog‘da adashib qolgan besh kishi qutqarildi

eʼlon qilindi
Chinor mahallasi hududidagi tog‘larda adashib qolgan fuqorolar qariyb besh soatdan keyin topilgan
FVV
Foto: FVV

Joriy yilning 4-oktabr kuni soat 19:37 da Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Chinor mahallasi hududidagi tog‘larda besh nafar fuqaro adashib qolgani haqida «112» tizimiga xabar kelib tushgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shundan so‘ng «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasining «Beshqul» navbatchilik qismi xodimlari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan.

Qidiruv qariyb besh soat davom etdi

Qutqaruvchilar besh nafar fuqaroni 5-oktabr kuni soat 00:31 da topib, xavfsiz hududga olib tushgan. Fuqarolar keyin yashash manzillariga qaytarilib yuborilgan.

Avvalroq «Kursiv»  Chorvoq suv omborida uch nafar fuqaro – ota va uning ikki o‘g‘li suvga tushib, cho‘kib ketgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek