Qor, yomg‘ir, shamol: 5-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Tog‘larda kuchli yomg‘ir va qor bo‘lishi mumkin
Qor, yomg‘ir, shamol: 5-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: depositphotos

5-oktabr kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va havo harorati sezilarli pasayishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi harorat 5–10 daraja, kunduzi esa 15–20 daraja bo‘ladi.

Janubiy hududlarda ham yomg‘ir kutilmoqda

Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida 5-oktabr kuni yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 18–23 darajani tashkil etadi.

Surxondaryo viloyatida ham ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu hududda ham kechasi 7–12 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida havo 15–20 daraja bo‘ladi

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi esa 15–20 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 5-oktabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 12–17 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 5–10 daraja, kunduzi 14–19 darajani tashkil etadi.

Tog‘larda kuchli yomg‘ir va qor bo‘lishi mumkin

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli ham bor.

Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol ayrim joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi. 5-oktabr kuni tog‘li hududlarda kunduzgi harorat 8–13 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 4-oktabr uchun ob-havo ma’lumotlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek