
Realme Hindistonda Realme P4s Lite smartfonini taqdim etdi. Model 6,75 dyuymli ekran, 7000 mA/soat batareya va Unisoc T7250 protsessori bilan jihozlangan. Smartfon 4/64 Gb va 4/128 Gb konfiguratsiyalarda sotuvga chiqariladi.
120 Hz ekran
Realme P4s Lite 6,75 dyuymli LCD displeyga ega.
Ekran aniqligi 1570 × 720 piksel, yangilanish tezligi esa 120 Hz ni tashkil etadi.
Displeyning odatiy HBM yorqinligi 900 nitgacha, sensorli javob tezligi esa 240 Hz gacha yetadi. Shuningdek, ekran Panda MN228 himoya oynasi bilan qoplangan.

Unisoc T7250 protsessori
Smartfon Unisoc T7250 chipida ishlaydi. Qurilmada 4 Gb LPDDR4X tezkor xotira va 64 yoki 128 Gb ichki xotira mavjud. Xotirani microSD karta orqali kengaytirish mumkin.
Model Realme UI operatsion tizimida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi Android versiyasini hozircha ko‘rsatmagan.
7000 mA/soat batareya
Realme P4s Lite 7000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Smartfon 15 Vt quvvatlash va 15 Vt USB Power Delivery texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning vazni 215 gramm, o‘lchamlari esa 166,5 × 78,2 × 9 mm.
Asosiy kamera 13 Mp
Smartfonning orqa qismida 13 Mp asosiy kamera joylashgan. Old kamera 5 Mp aniqlikka ega. Asosiy kamera 1080p formatda soniyasiga 30 kadr tezlikda video yozishi mumkin.

5G va NFC yo‘q
Realme P4s Lite Wi-Fi 5, Bluetooth 5.2, GPS, USB Type-C porti va 3,5 mm audio ulagichni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonda 5G va NFC mavjud emas.
Biometrik himoya uchun yon tomondagi barmoq izi skaneri va yuz orqali qulfdan chiqarish funksiyasi qo‘llanadi.
Narxi
Realme P4s Lite’ning 4/64 Gb versiyasi 16 499 rupiy ($170), 4/128 Gb varianti esa 18 499 rupiy ($190) turadi. Smartfon 8-oktabrdan sotuvga chiqadi. Model Nebula Black va Moonlight Silver ranglarida taklif etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Realme 16 Pro 5G Harry Potter Edition taqdim qilingani haqida yozgan edi.