UzAuto Motors 4,2 trln so‘mni taqsimlanmaydigan foyda sifatida qoldirdi

eʼlon qilindi
Bir aksiya uchun 187 so‘m dividend
Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors aksiyadorlari 2025-yil yakunida olingan 4,27 trln so‘m sof foydaning 50,6 mlrd so‘mini dividendga yo‘naltirishga qaror qildi. Qolgan 4,22 trln so‘m kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi sifatida qoldiriladi.

Kompaniyaning 2026-yil 30-sentabr kuni o‘tkazilgan yillik umumiy yig‘ilishida 2025-yil yakunlari va foydani taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish kvorumi 99,71 foizni tashkil etdi.

Bir aksiya uchun 187 so‘m dividend

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 31-dekabr holatidagi 4,27 trln so‘m sof foydaning 50,6 mlrd so‘mi aksiyadorlarga dividend sifatida to‘lanadi.

Bir dona joylashtirilgan aksiya uchun dividend miqdori 187 so‘m etib belgilandi. Dividendlar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi orqali to‘lanadi.

Foydaning qolgan 4,22 trln so‘mi UzAuto Motorsning taqsimlanmagan foydasiga yo‘naltiriladi.

2025-yilda bir aksiya uchun 6 139 so‘m to‘langan

Avvalroq UzAuto Motors 2025-yil davomida bir necha marta foydasini dividend to‘lashga yo‘naltirgan edi. Yil davomida aksiyadorlarga to‘langan dividendlarning umumiy miqdori bir aksiya uchun 6 139 so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda kompaniyaning 2026-yildagi moliyaviy faoliyati va olti oylik oraliq auditini o‘tkazish uchun Deloitte and Touche MChJ tanlandi. Auditor xizmatlari uchun eng yuqori to‘lov miqdori 4,75 mlrd so‘m etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijda sotilmagan Chevrolet’lar O‘zbekistonga qaytarilayotgani haqidagi xabar yuzasidan UzAuto Motors izoh bergandi.

Shuningdek