Buxoroda qiz bilan ko‘rishgani kelgan o‘smirni uning qarindoshlari kaltakladi

Buxoro viloyatida 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolaning kaltaklangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 28-avgust kuni E.R. qizi bilan ko‘rishish uchun kelgan voyaga yetmagan E.O.ni uning erkiga qarshi avtomobilga o‘tqazib, qarindoshi F.F.ning uyiga olib borgan. U yerda bola boshqa shaxslar ishtirokida kaltaklangan.
Bolaning tanasida jarohatlar aniqlangan
Tergovga qadar tekshiruv doirasida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi E.O. tanasining turli qismlarida jarohatlar borligini aniqlagan.
Joriy yilning 7-sentyabr kuni E.R. va F.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi «a» va «v» bandlari hamda 105-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Jizzaxda 2016-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani haqida yozgan edi.