Chevrolet Cobalt 6 ming dollardan boshlanadi, MrBeast Toshkentga keladi — 6-oktabr yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti
В Узбекистане усилится ветер: местами порывы достигнут 20–22 м/с
Foto: Kursiv Uzbekistan

Chevrolet Cobalt 6 ming dollardan boshlanadi, Husanov va Fayzullayev Janubiy Koreyaga qarshi asosiy tarkibda — 6-oktabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Yetti soatlik konsert va o‘nlab yulduzlar: Qirg‘izistonda «Bishkek Arena» qanday ochildi

Manba: efor group

Qirg‘izistonda yangi «Bishkek Arena» stadionining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kursiv Kazakhstan ma’lumotiga ko‘ra, tadbirga 60 mingdan ortiq tomoshabinlar tashrif buyurgan.

Konsert dasturi qariyb yetti soat davom etgan va unda turli davlatlardan o‘nlab san’atkorlar qatnashgan.

Namanganda 1,3 mlrd so‘mlik budjet puli talon-toroj qilindi

Namanganda 1,3 mlrd so‘mlik budjet puli talon-toroj qilindi
Foto: SI

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida 1,3 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirgani aniqlangan.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga vizalarni cheklaydimi? TIV izoh berdi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston uchun viza tartibini soddalashtirishi mumkin
Foto: Goexploresclub

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Latviyada mamlakatimiz fuqarolari uchun vizalar cheklanishi mumkinligi haqidagi taklifga munosabat bildirdi. Vazirlik matbuot kotibi Omonulla Fayziyev Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qilishicha, ushbu masala boʻyicha diplomatik choralar ko‘rilgan.

O‘zbekiston JICA bilan 15 ta yangi loyiha boshlaydi

Foto: miit.uz

O‘zbekiston va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) 2026 – 2030-yillarga mo‘ljallangan yangi Hamkorlik dasturini imzoladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.

Dastur doirasida 15 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Buxoroda qiz bilan ko‘rishgani kelgan o‘smirni uning qarindoshlari kaltakladi

Foto: depositphotos.com

Buxoro viloyatida 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolaning kaltaklangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 28-avgust kuni E.R. qizi bilan ko‘rishish uchun kelgan voyaga yetmagan E.O.ni uning erkiga qarshi avtomobilga o‘tqazib, qarindoshi F.F.ning uyiga olib borgan. U yerda bola boshqa shaxslar ishtirokida kaltaklangan.

O‘zbekistonliklarning 66 foizi daromadi oshishini kutmoqda

2025-yilning dastlabki 9 oyida real ish haqi 9,1 foizga o‘sdi
Foto: depositphotos

Markaziy bank so‘roviga ko‘ra, 2026-yil II choragida respondentlarning 66 foizi kelgusi davrda daromadlari oshishini kutmoqda. Daromadlar bo‘yicha kutilmalar subindeksi 71,3 punktni tashkil etdi.

2026-yil iyul oyida o‘tkazilgan iste’mol kayfiyati so‘rovida qariyb 4,1 ming kishi qatnashgan. Umuman olganda, aholining moliyaviy holati va daromadlari bo‘yicha ijobiy kayfiyat saqlanib qolgan.

O‘zbekistonliklar nimalarga pul sarflamoqchi — tahlil

Uy ta'miri
Foto: Toshkent shahar hokimiyati

Markaziy bank so‘roviga ko‘ra, respondentlarning 76 foizi kelgusi davrda xarajatlari ko‘payishini kutmoqda. Aholi, asosan, uy-joy ta’miri, ta’lim va davolanishga ko‘proq mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda.

2026-yil II choragida xarajatlar subindeksi 77,2 punktni tashkil qildi. Bu birinchi chorakka nisbatan 0,9 punktga kam bo‘lsa-da, Markaziy bank aholining iste’mol faolligi yuqori darajada saqlanayotganini qayd etgan.

MrBeast Toshkentga keladi — nimalar ma’lum

MrBeast Toshkentga keladi
Foto: AP: File

Dunyodagi eng mashhur YouTube blogerlaridan biri MrBeast ilk bor Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi va Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi. Tadbirda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganlar orasidan 200 kishi tasodifiy tanlab olinadi.

Tashrif O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Chevrolet Cobalt 6 ming dollardan boshlanadi — arzon narxlar qayerda

Ishlatilgan Chevrolet Cobalt sotib olishga arziydimi
Foto: Chevrolet

4-oktabr kuni Andijon mashina bozorida Chevrolet Cobalt’larning narxi ishlab chiqarilgan yili, bosib o‘tgan masofasi va holatiga qarab taxminan $6 mingdan $11,5 minggacha bo‘ldi. 2026-yilgi Cobalt uchun $11,5 ming so‘ralgan bo‘lsa, ayrim eski modellar $6 – 8,5 ming oralig‘ida taklif etildi.

Bozorda 2026-yilda ishlab chiqarilgan, 4,2 ming km yurgan Cobalt $11,5 mingga taklif qilindi. Sotuvchining aytishicha, avtomobilda ABS, kruiz-kontrol va monitor mavjud. Kuzovida kichik bo‘yoq izi borligi ham qayd etilgan.

Sobiq oliy ta’lim vaziri yana rektorlikka qaytdi

Foto: Oliy Majlis

Professor Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U 2024-yil fevralidan buyon O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. Bu haqda TDIU axborot xizmati xabar berdi.

Sharipov bu lavozimga ta’lim tizimidagi yirik boshqaruv islohotidan so‘ng qaytdi. 3-oktabrda prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi. 

Husanov va Fayzullayev Janubiy Koreyaga qarshi asosiy tarkibda o‘ynaydi

Foto: UFA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadigan asosiy tarkibni e’lon qildi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi. 

Benzin, go‘sht va sabzavotlar qimmatlashdi: sentabrda inflyatsiya tezlashdi

INI
Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda 2026-yil sentabr oyida oylik inflyatsiya 0,7 foizni tashkil etdi. Avgustda bu ko‘rsatkich 0,2% edi. Yillik inflyatsiya esa 6,2 foizdan 6,4 foizgacha ko‘tarildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 1%, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3%, xizmatlar esa 0,9%ga qimmatlashdi. Yillik hisobda oziq-ovqat narxlari 6,3%, nooziq-ovqat mahsulotlari 5,8%, xizmatlar 7%ga oshgan.

Shuningdek