Latviya O‘zbekiston fuqarolariga vizalarni cheklaydimi? TIV izoh berdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Latviyada mamlakatimiz fuqarolari uchun vizalar cheklanishi mumkinligi haqidagi taklifga munosabat bildirdi. Vazirlik matbuot kotibi Omonulla Fayziyev Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qilishicha, ushbu masala boʻyicha diplomatik choralar ko‘rilgan.
Latviya vizalarni cheklash masalasini ko‘targan edi
Avvalroq Latviya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni ma’lum muddatga to‘xtatishni taklif qilgan edi. Vazirlik bunga Latviyaga kelganidan ko‘p o‘tmay ayrim O‘zbekiston fuqarolari tomonidan jinoyatlar, jumladan voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar sodir etilganini sabab qilib ko‘rsatgan. Taklif 29-sentabr kuni hukumat kun tartibiga kiritilmagan.
Shuningdek, o’qing: Latviya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni ma’lum muddatga to‘xtatib turishni taklif qildi.
O‘zbekiston Latviya rasmiylari bilan muzokara o‘tkazdi
TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyevga Latviyadagi taklif yuzasidan vazirlik qanday choralar ko‘rayotgani haqida quyidagicha izoh berdi:
«Ushbu xabarlar e’lon qilingan zahoti O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tegishli diplomatik choralar ko‘rildi. Xususan, mamlakatimizning Rigadagi Elchixonasi tomonidan Latviya Bosh vaziri ofisi rahbariyati, Tashqi ishlar va Iqtisodiyot vazirliklari, shuningdek, Prezident Administratsiyasi vakillari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Shu bilan birga, TIV Konsullik-huquqiy departamenti Latviyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi bilan ham muloqotlar olib bordi», — dedi Fayziyev.
Shuningdek, O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti Latviyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan ham muzokaralar olib borgan.
Latviya amaldagi tartibni o‘zgartirmaslik pozitsiyasini bildirdi
Muzokaralarda O‘zbekiston tomoni rejalashtirilgan cheklovlarning ikki tomonlama munosabatlarga ehtimoliy ta’siri yuzasidan o‘z pozitsiyasini bildirgan.
«Ko‘rilgan choralar natijasida Latviya tomoni mavjud holatga o‘zgartirish kiritishga ehtiyoj yo‘qligini ilgari surdi», — dedi Fayziyev.
Avvalroq «Kursiv» Latviya bosh vaziri Evika Silinya parlamentga iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza topshirdi va bu qadam butun hukumatning tarqalishiga olib kelgani haqida yozgan edi.