Moped va skuterlar ishtirokidagi YTHlarda 89 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
162 holatda haydovchilar mast bo‘lgan
Moped va skuterlar ishtirokidagi YTHlarda 89 kishi halok bo‘ldi
Foto: YHXB

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekistonda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Ularda 488 kishi jarohat oldi, 89 kishi halok bo‘ldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) ushbu ko‘rsatkichlar sabab moped va skuter boshqarishda xavfsizlik talablarini kuchaytirish zarurligini bildirdi.

YHXX ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda moped va skuter haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq qariyb 300 ta holat aniqlangan. 2026-yilning o‘tgan davrida esa bunday qoidabuzarliklar soni 4,3 mingtaga yetgan.

162 holatda haydovchilar mast bo‘lgan

Shuningdek, 162 ta holatda moped va skuter haydovchilari tegishli hujjatlarsiz hamda mast holatda transport vositasini boshqargani aniqlangan.

YHXXga ko‘ra, ushbu raqamlar moped, skuter va kichik hajmli mototransport vositalarini boshqarishda xavfsizlik talablarini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shu sabab bunday transport vositalarini boshqarishda haydovchilik guvohnomasi talab etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektr velosipedi musodara qilinganini aytgan kuryer transport vositasini 25 km/soatdan tez haydamasa va veloyo‘lakdan foydalansa ham A1 toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab qilinayotganidan norozilik bildirgandi. Iqtisodchi Otabek Bakirov esa amaldagi talablar kichik hajmdagi mototransport vositalari qatoriga ayrim e-velosipedlarni ham kiritib qo‘yganini ta’kidladi.

Shuningdek