O‘zbekiston Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida yutqazdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Son Hyon Min va O Se-hun gol urdi
Foto: UFA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6-oktabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Gollarni Son Hyon Min va O Se-hun urdi. Uchrashuv Yongin Mireu stadionida o‘tkazildi.

Son Hyon Min 6-daqiqada hisobni ochdi

Janubiy Koreya uchrashuvni faol boshladi. Mezbonlar sardori Son Hyon Min 6-daqiqada O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Bu uning terma jamoadagi 59-goli bo‘ldi.

O‘zbekiston birinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, tanaffusgacha mezbonlar ustunligini saqlab qoldi.

Foto: UFA

O Se-hun ikkinchi golni urdi

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Janubiy Koreya hisobni 2:0 ga yetkazdi. Mezbonlar hujumchisi O Se-hun jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

69-daqiqada O‘zbekiston bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ikkita o‘zgarishni amalga oshirdi: Sherzod Nasrullayev va Odiljon Hamrobekov maydonni tark etdi, ularning o‘rniga Maxamadjonov va Husayin Norchayev tushdi.

O‘zbekiston uchun navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi

Mazkur bahs O‘zbekiston terma jamoasining oktyabr oyidagi FIFA xalqaro tanaffusidagi ikkinchi o‘yini bo‘ldi. Jamoa 1-oktabr kuni Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Janubiy Koreya esa O‘zbekiston bilan uchrashuvdan oldin oktyabr oyida Venesuela bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi ushbu uchrashuv ikki jamoaning 2018-yildan buyon ilk bahsi bo‘ldi. So‘nggi uchrashuvda, 2018-yil noyabrida, koreyaliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi. U jamoaning «yurakdan o‘ynagani»ni alohida ta’kidlagandi.

Shuningdek