Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga bordi

eʼlon qilindi
Universitetda raqamli texnologiyalar, dual ta’lim va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga e’tibor qaratilmoqda
Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga bordi
Foto: Saida Mirziyoyeva/ Telegram

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda u o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi. Hozirda universitetda to‘rtta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qariyb 10 ming talaba tahsil olmoqda.

Universitetda raqamlashtirish kuchaytirilmoqda

Mirziyoyeva ma’lumotiga ko‘ra, oliygohda ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalar faol joriy etilmoqda.

Shuningdek, dual ta’lim rivojlantirilmoqda, ilmiy ishlanmalarni tijorat loyihalariga aylantirish va talabalar shaharchasini ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Foto: Saida Mirziyoyeva/ Telegram

Yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash muhim

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni rivojlantirish uchun yangi avlod arxitektorlari, loyihachilar va muhandislarni tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Uning fikricha, bunday mutaxassislar keng fikrlashi, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari surishi, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqishi hamda ularni amaliyotga tatbiq eta olishi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva Donald Tramp bilan uchrashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek