Dollar «uchmoqda»: 8-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

8-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 18,40 so‘mga oshib, 11 809,19 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
30-sentabr kuni 14,21 so‘mga oshib, 11 821,18 so‘mga tenglashdi. 1-oktabr kuni esa 12,42 so‘mga tushib, 11 808,76 so‘m bo‘lgan edi. 3-oktabr kuni 35,81 so‘mga tushib, 11 772,95 so‘mni, 6-oktabr kuni 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘mni, 7-oktabr kuni 12,34 so‘mga oshib, 11 790,79 so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasining kelajagi qanday — ekspert sharhi
Yevro kursida pasayish kuzatildi. Yevropa valyutasi 79,64 so‘mga tushib, 13 206,22 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 0,37 so‘mga oshib, 138,15 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» 7-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.