Jaguar 1000 ot kuchidan kuchli, orqa oynasiz elektromobilini namoyish qildi

eʼlon qilindi
Yangi model Type 01 deb nomlangan
Foto: Jaguar rasmiy sayti

Britaniyaning Jaguar kompaniyasi 1000 ot kuchidan yuqori quvvatga ega yangi Type 01 elektromobilini namoyish qildi. Mashina orqa oynasining yo‘qligi, 400 milgacha yurish masofasi va 130 ming funtdan boshlanuvchi narxi bilan e’tibor tortmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy ma’lumotlarida xabar berildi.

Orqa oyna o‘rniga kamera

Type 01’ning eng noodatiy jihatlaridan biri – avtomobilda an’anaviy orqa oyna yo‘q. Uning o‘rniga orqa tomonni ko‘rsatuvchi kamera va salon ichidagi raqamli ekran ishlatiladi. Jaguar buni avtomobil dizaynini yanada yaxlit qilish imkonini beruvchi texnologiya sifatida taqdim etmoqda.

Avtomobil to‘rtta eshikli grand-turer bo‘lib, 23 dyuymli g‘ildiraklar, 24 dyuymli OLED displey va premium interyer bilan jihozlangan.

1000 ot kuchidan ortiq quvvat

Type 01 uchta elektromotor bilan jihozlangan. Ularning umumiy quvvati 1030 PS, maksimal aylantiruvchi moment esa 1365 Nmni tashkil etadi.

Elektromobil 0 dan 100 km/soatgacha 3,2 soniyada tezlashadi. 118 kVt/soatlik akkumulyator unga EPA standartida 400 milgacha, ya’ni qariyb 640 km masofani bosib o‘tish imkonini beradi.

350 kVt quvvatli tezkor quvvatlash orqali 13 daqiqada 200 milgacha yurish uchun yetarli energiya olish mumkin.

Narxi 130 ming funtdan boshlanadi

Jaguar Type 01 uchun buyurtmalarni 2027-yil boshida qabul qilishni rejalashtirmoqda. Narxlar 130 ming funt sterlingdan boshlanadi. Ishlab chiqarish esa 2027-yilda Buyuk Britaniyadagi Solihull zavodida yo‘lga qo‘yiladi.

Jaguar yangi model orqali brendni yuqori narx segmentiga olib chiqish va texnologiyaga qiziqadigan yoshroq xaridorlarni jalb qilishni maqsad qilgan.

Avvalroq Britaniyaning Bentley kompaniyasi o‘zining ilk to‘liq elektr avtomobili – Torcal SUV’ni taqdim etgandi.

Shuningdek