O‘zbekiston FIFA reytingida pastladi — tafsilotlar

7-oktabr 2026 08:58 eʼlon qilindi

(7-oktabr 2026 21:38 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi — tafsilotlar
Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi Janubiy Koreya bilan o‘rtoqlik uchrashuvdan so‘ng FIFA’ning live-reytingida bir pog‘ona pastlab, 59-o‘ringa tushdi. Ma’lumotga ko‘ra, jamoa hisobida 1416,61 reyting ochkosi bor.

FIFA’ning 20-iyulda e’lon qilingan so‘nggi rasmiy reytingida O‘zbekiston 60-o‘rinda edi.

Eron va Suriya ustidan g‘alaba ochko keltirdi

24-sentabr kuni O‘zbekiston Eron terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu natija jamoaga 6,83 reyting ochkosi keltirdi. 1-oktabrda esa O‘zbekiston Suriyani 4:1 hisobida yengib, yana 3,75 ball qo‘shib oldi.

Shu tariqa dastlabki ikki uchrashuvdan so‘ng milliy jamoa reytingdagi holatini sezilarli yaxshiladi.

Janubiy Koreyaga mag‘lubiyatdan keyin ochko yo‘qotildi

Foto: fifa.com saytidan ekran tasviri

6-oktabr kuni O‘zbekiston safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur mag‘lubiyat natijasida jamoa 3,70 reyting ochkosini yo‘qotdi.

Umuman, uchta o‘rtoqlik uchrashuvi yakunida O‘zbekistonning reyting ko‘rsatkichi 6,88 ballga oshdi.

O‘zbekistonni qaysi terma jamoalar ortda qoldirmoqda

Live-reytingda O‘zbekistondan bir pog‘ona yuqorida 1428,88 ochko bilan Ruminiya joylashgan. 57-o‘rinni esa 1429,32 ball bilan Bosniya va Gersegovina egallab turibdi.

Live-reyting joriy uchrashuvlar natijalari asosida hisoblanadi. O‘zbekistonning yakuniy o‘rni FIFA navbatdagi rasmiy reytingni e’lon qilgach tasdiqlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston «JCh – 2034» yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek