Putinga tabrik, dollar kursi oshdi, «Real Sanjik» ozod etilmadi, O‘zbekistonda o‘latdan xavotirlanishga asos yo‘q — 7-oktabr kungi dayjest

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Real Sanjik ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi yakunlandi

7-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida «Real Sanjik» taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimovning apellyatsiya shikoyati bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi. Biroq sud hukmi qachon e’lon qilinishi hozircha noma’lum. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.
O‘zbekistonda o‘latdan xavotirlanishga asos yo‘q — Nurmat Atabekov

O‘zbekistonda o‘lat kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov ma’lum qildi.
Dollar «uchmoqda»: 8-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

8-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 18,40 so‘mga oshib, 11 809,19 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.
O‘zbekiston Turkiy davlatlar bilan sun’iy yo‘ldoshlar yaratadi

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya kosmik sanoat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dastlabki shartnomani imzoladi. Bu haqda Uzcosmos agentligi xabar berdi.
Dollar valyutasining kelajagi qanday — ekspert sharhi

AQSh dollari jahon moliya tizimida asosiy zaxira va hisob-kitob valyutasi bo‘lib qolmoqda. Biroq Xitoy yuanining xalqaro savdodagi roli oshishi, AQSh davlat qarzining ko‘payishi va dedollarizatsiya jarayonlari fonida dollarning kelajagi haqida savollar ham ko‘paymoqda. Iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori To‘lqin Boboqulov Kursiv Uzbekistan’ga AQSh dollarining yaqin 3 – 5 yildagi istiqboli, uning jahon moliya tizimidagi mavqeyi hamda so‘mning dollarga nisbatan kelajakdagi dinamikasiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar haqida fikr bildirdi.
O‘zbekiston 2030-yilgacha oziq-ovqat ishlab chiqarishni ikki baravar oshirmoqchi

O‘zbekiston 2030-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ikki baravar, eksport va qo‘shilgan qiymatni esa uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan xalqaro anjumanlar ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qilindi. Murojaatni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi.