8-oktabr kuni O‘zbekistonda, asosan, quruq ob-havo bo‘ladi

8-oktabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 11–13°, kunduzi 24–26° bo‘ladi.
Eng issiq hududlarda 32 darajagacha
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 12–17°, kunduzi esa 27–32° iliq bo‘lishi kutilmoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunduzgi harorat 23–28°, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida esa 22–27° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo kechasi 8–13°, kunduzi 20–25° atrofida bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida tuman tushishi mumkin
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Bu hududlarda kechasi 10–15°, kunduzi 20–25° harorat prognoz qilinmoqda.
Tog‘larda yomg‘ir ehtimoli bor
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 5–10°, kunduzi 13–18° bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» 6-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.