
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasida o‘ynayotgan MDH davlatlari futbolchilari orasida eng qimmat futbolchi bo‘ldi. Uning qiymati 50 mln yevroga baholangan.
Husanov reytingda birinchi o‘rinda
Transfermarkt Angliya Premyer-ligasidagi futbolchilar qiymatini yangilagach, MDH davlatlaridan bo‘lgan eng qimmat besh futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi.
22 yoshli Husanov 50 mln yevrolik qiymat bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Undan keyingi o‘rinlarda «Brentford» futbolchisi Yegor Yarmolyuk 32 mln yevro, «Liverpul» darvozaboni Giorgi Mamardashvili 28 mln yevro, «Everton» vakili Vitaliy Mikolenko 25 mln yevro va «Tottenhem» futbolchisi Mixail Mudrik 15 mln yevro bilan qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov yangi murabbiy qo‘l ostida muammolarga duch kela boshlagani haqida xabar berilgandi. City Xtra jurnalistining yozishicha, o‘zbekistonlik futbolchi jamoaga kelganidan buyon kuchli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, so‘nggi paytlarda muntazam ravishda asosiy tarkibdan joy olmayapti.