Braziliyada minglab talabalar Bolsonaroga qarshi chiqdi

eʼlon qilindi
Rio-de-Janeyrodagi namoyishlar prezidentlik saylovining ikkinchi turi oldidan o‘tkazildi
Braziliyada minglab talabalar Bolsonaroga qarshi chiqdi
Foto: Silvia Izquierdo/AP Photo

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida minglab talabalar prezidentlikka nomzod Flaviu Bolsonaroga qarshi namoyishga chiqdi. Bu haqda DW xabar berdi.

Namoyishlar Bolsonaro prezidentlik saylovining birinchi turida amaldagi prezident Luis Inasiu Lula da Silvadan oldinga chiqqanidan keyin bo‘lib o‘tdi.

Bolsonaro birinchi turda oldinga chiqdi

Rasmiy natijalarga ko‘ra, Flaviu Bolsonaro birinchi turda 47% ovoz olgan. Lula da Silva esa 45,2% ovoz to‘plagan. Bolsonaro raqibidan qariyb 2,2 mln ovoz ko‘p olgan.

Hech bir nomzod 50% dan ortiq ovoz to‘play olmagani sababli saylovning ikkinchi turi 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Talabalar ko‘chalarga chiqdi

Rio-de-Janeyrodagi namoyishda talabalar va boshqa ishtirokchilar Bolsonaro prezident bo‘lishiga qarshi shiorlar bilan chiqishdi.

Namoyishchilarning plakatlarida «Flaviuga yo‘q, ta’limga ha», «Braziliya hech kimning hovlisi emas» va «Bolsonaro boshqa qaytmasin» kabi yozuvlar bo‘lgan.

Ikkinchi tur 25-oktabrda

Saylovning ikkinchi turida Flaviu Bolsonaro va Lula da Silva prezidentlik uchun kurashadi.

DW ma’lumotiga ko‘ra, Braziliyada 1989-yildan beri prezidentlik saylovining birinchi turida ikkinchi o‘rinni egallagan nomzod keyinchalik ikkinchi turda g‘alaba qozonmagan. Shu bois Lula uchun kampaniyaning keyingi bosqichi murakkab kechishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Neymar terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek