Chevrolet eng sevimli avtomobil brendi deb topildi — tadqiqot

8-oktabr 2026 16:54 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet mashhur avtomobiliga chegirma e’lon qildi
Foto: Chevrolet

Chevrolet Ecglobal kompaniyasi o‘tkazgan «Brazil Most Loved Brands 2026» tadqiqotida avtomobil brendlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. General Motors ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyaning mamlakatdagi savdosi 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida qariyb 20 foizga oshgan.

Chevrolet savdosi qariyb 20 foizga oshdi

GM South America prezidenti Tomas Ovsyanskining aytishicha, Chevrolet uchun bu e’tirof kompaniya savdolari o‘sayotgan bir paytga to‘g‘ri kelgan.

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida Chevrolet Braziliyada o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 mingdan ortiq qo‘shimcha avtomobil sotgan. Natijada savdo hajmi qariyb 20 foizga oshgan.

«Biz modellar qatorini yangilayapmiz, texnologiyalarni kengaytiryapmiz va mijozlar tajribasini yaxshilayapmiz. Shu bilan birga, avlodlar davomida shakllangan ishonchni saqlab qolmoqdamiz», — dedi Ovsyanski.

GM natijani Chevroletning uzoq tarixiga bog‘ladi

GM South America vitse-prezidenti Fabio Rua Chevroletning muvaffaqiyatini brendning Braziliyada 100 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelayotgani bilan izohladi.

Uning ta’kidlashicha, bozorda yangi, jumladan Osiyo avtomobil brendlari soni oshayotganiga qaramay, Chevrolet xaridorlar orasidagi mavqeini saqlab qolmoqda.

«Bir asrdan ortiq tarixdan keyin Chevrolet braziliyaliklar uchun shunchaki xotira bo‘lib qolmagan, balki ularning rejalari va hayotining bir qismi bo‘lib qolmoqda», — dedi Rua.

General Motors Chevroletning savdo o‘sishini davom ettirish uchun modellar qatorini yangilash, yangi texnologiyalarni joriy etish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga e’tibor qaratayotganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet mashhur avtomobiliga chegirma e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek