Farg‘onada noqonuniy Umra tashkilotchisi ushlandi

eʼlon qilindi
Litsenziyasiz faoliyat yuritgan turfirma xodimi to‘rt fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborish uchun $4400 talab qilgani aytilmoqda
Farg‘onada noqonuniy Umra tashkilotchisi ushlandi
Foto: DXX

Farg‘ona viloyatida «Umra» ziyoratini tegishli litsenziyasiz tashkil etishga uringan turfirma xodimi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Tezkor tadbir DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan.

To‘rt fuqaro uchun $4400 talab qilingan

Ma’lumotga ko‘ra, Dang‘ara tumanida faoliyat yurituvchi turfirma xodimi «Umra» ziyoratini tashkil etish bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Shunga qaramay, u to‘rt nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborish uchun $4400 talab qilgani aytilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, u oldindan $1100 olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri «Umra» ziyoratiga yuborishni va’da qilib pul olgan shaxslar ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek