Mbappe «Real»dan ranjidimi — fransiyalik futbolchi javob berdi

eʼlon qilindi
Klub Mbappening «Oltin to‘p» uchun kurashini yetarlicha qo‘llab-quvvatlamagan
Foto: Data.com

Klian Mbappe «Real Madrid» rahbariyatidan ranjigani va klub uning «Oltin to‘p» uchun kurashini yetarlicha qo‘llab-quvvatlamagani haqidagi xabarlarni masxara qildi. Fransiyalik futbolchining javobini Mundodeportivo nashri keltirdi. 

Mbappe klubdan xafa bo‘lgani haqida xabar tarqaldi

Madrid derbisi oldidan «Real»dan uning «Oltin to‘p» kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashni so‘ragani, biroq klub bunga rozi bo‘lmagani haqida xabar bergan.

Jurnalist Javier Tintoning aytishicha, aynan shu holat futbolchining derbidagi kayfiyatiga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Mbappe shu masalada Zineddin Zidandan ham yordam so‘ragani haqida da’volar tarqalgan.

Futbolchi mish-mishni kulgi bilan rad etdi

U «Real Madrid»dan ranjigani haqidagi postga kinoya bilan: «Ha, ha, buvimdan ham ranjidim», mazmunidagi javobni yozdi va kulayotgan emojilarni qo‘shdi. Shu tariqa futbolchi o‘zining klub bilan «Oltin to‘p» masalasida jiddiy mojaro qilgani haqidagi xabarni rad etgan.

Madridda Mbappe atrofidagi bosim kuchaymoqda

Shunga qaramay, futbolchi atrofidagi vaziyat so‘nggi kunlarda ancha taranglashgan. «Real Madrid» muxlislari Mbappening Fransiya terma jamoasi safida jarohat olganidan keyingi harakatlarini tanqid qilmoqda.

U jarohatidan so‘ng Parijdagi tungi klubda ko‘ringan, keyin esa Shveysariya Alp tog‘larida velosiped haydayotgan videosini ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Bu holatlar Madridda futbolchining professionalligi yuzasidan tanqidlarga sabab bo‘lgan.

7-oktabr kuni esa Mbappe «Real»ning umumiy mashg‘ulotiga qaytdi. Klub ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi jarohatdan keyingi tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Avvalroq 2026-yilgi «Oltin to‘p» mukofoti uchun da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilingandi.

Shuningdek