O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashi tuzadi

eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov uchrashdi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi. Yangi kengash ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot hamda ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada kuchaytirishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kengash nima beradi

8-oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov uchrashdi. Suhbat davomida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Uchrashuv yakunida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Mazkur hujjat ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni tizimli ravishda rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun institutsional asos yaratadi.

Savdo hajmini oshirish rejalashtirilmoqda

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikdagi ijobiy sur’atni qayd etdi. Yil boshidan buyon ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘sib bormoqda. Shuningdek, «Shovot – Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.

Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini qabul qilish muhimligi qayd etildi.

Sanoat, energetika va transport bo‘yicha hamkorlik kuchayadi

Tomonlar sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida Kooperatsiya dasturini qabul qilish masalasini ham muhokama qildi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Ushbu dastur nafaqat hukumatlar darajasida, balki ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ham amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv avvalida Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni Turkmaniston mustaqilligining 35 yilligi, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvi hamda MDHdagi samarali raisligi bilan tabrikladi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari imkoniyatlarini birlashtirib, o‘zaro bog‘langan milliy ma’lumotlar markazlari asosida umumiy hisoblash infratuzilmasini yaratishni taklif qilgandi.

Shuningdek