Tavsiyadan o‘z biznesigacha: O‘zbekistonda Amway biznesi qanday ishlaydi

Amway — 1959-yilda AQShning Michigan shtatida maktabdosh do‘stlar — Rich DeVos va Jay Van Andel tomonidan asos solingan xalqaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo kompaniyasi. Ular faoliyatini o‘z biznesiga va uy uchun moʻljallangan bir dona mahsulotga ega bo‘lish istagidan boshlashdi. Bugun Amway 100 dan ortiq mamlakat va hududda faoliyat yuritadi.
Kompaniya nomi ham aynan shu g‘oyadan kelib chiqqan: Amway — American Way iborasining qisqartmasi. Asoschilar uchun bu, avvalo, o‘z yo‘nalishini mustaqil tanlash, tashabbus ko‘rsatish va o‘z ishini qurish imkoniyatini anglatgan. O‘sha paytda ular boshlagan hikoya Amerika chegaralaridan ancha uzoqqa chiqib, qariyb yetmish yil o‘tib O‘zbekistonda davom etishini tasavvur ham qilishmagan bo‘lishsa kerak.
Ammo bugun — e-commerce, onlayn buyurtmalar va tayyor logistika davrida bu yo‘l qanday ko‘rinadi? Mahsulotni uyda saqlash kerakmi? Mijoz xaridni qayerda rasmiylashtiradi? Amway bilan ishlashga qaror qilgan inson amalda nima qiladi? Uning daromadi nimalarga bog‘liq va biznes keyinchalik qanday o‘sishi mumkin?
Kursiv savollariga Amway Central Asia bosh direktori Nik Muzashvili javob beradi.
— Amway bilan ilk bor tanishayotganlar uchun qanday imkoniyatlar eshigi ochiladi?
— Hammasi insonning o‘z ehtiyojidan boshlanadi.
Kimdir mahsulotlarni shunchaki o‘zi uchun xarid qiladi. Kimdir mahsulotdan foydalanadi va uni boshqalarga tavsiya qilishni, ular ham Amway mahsulotlari bilan tanishib, ularni bevosita kompaniyadan xarid qilishini istaydi. Yana kimdir keyingi bosqichga o‘tib — mijozlar bilan ishlash, mukofot olish va asta-sekin o‘z biznesini rivojlantirishni xohlaydi.
Demak, mantiq oddiy: mahsulotdan o‘zingiz foydalanishingiz, uni boshqalarga tavsiya qilishingiz yoki biznes qurishingiz mumkin. Darhol katta koʻlam haqida qaror qilish shart emas — barcha o‘zi uchun tushunarli va qulay darajadan boshlashi mumkin.

Amway bilan biznes qurish qaroriga kelgach, nimalar qilish lozim?
— Avvalo, odamlar bilan ishlash va ularga mahsulotlarni tushunishga yordam berish kerak.
Mahsulotlar va ular haqidagi rasmiy ma’lumotlarni o‘rganish, savollarga javob berish, mos yechimni tanlashga yordam berish hamda xariddan keyin ham aloqada qolish darkor. Vaqt o‘tishi bilan doimiy mijozlar paydo bo‘la boshlaydi: kimdir tanish mahsulot uchun qaytadi, kimdir boshqa toifalarga qiziqadi, yana kimdir tavsiya orqali keladi.
Bu yerda «mahsulot» so‘zi ortida kundalik hayotda ishlatiladigan aniq toifalar borligini ham tushunish muhim. Kimdir uchun Amway bilan tanishuv Nutrilite vitaminlaridan boshlanadi. GlobalData ma’lumotlariga ko‘ra, Nutrilite 21 yildan buyon vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar savdosi bo‘yicha dunyodagi №1 brend hisoblanadi.
Kimdir uchun esa — Glister tish pastasidan, uning tarkibida sertifikatlangan Nutrilite fermalarida yetishtirilgan yalpiz ishlatiladi, yoki Amway Home mahsulotlaridan. Amway modelida hammasi atrofdagilarga ayon, tushunish uchun oson va haqiqatan kerak hamda tavsiya qilishga arzigulik mahsulotdan boshlanadi. Daromad olish imkoniyati esa keyin — mijozlar bilan ishlash va ularning xaridlari bilan bog‘liq holda shakllanadi.
Shu bilan birga, mijoz mahsulotlarni kompaniyaning rasmiy sayti orqali bevosita Amway’dan xarid qiladi. Amway buyurtma va to‘lovni qabul qiladi, mahsulotlarni saqlash, yetkazib berish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Amway bilan biznes qurayotgan insonga keyinchalik qayta sotish uchun mahsulot zaxirasini oldindan xarid qilish yoki do‘kon ochishi shart emas.
Uning vazifasi — tavsiya, maslahat va mijozlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Shu sababli bunday biznes ko‘p jihatdan bir martalik xaridga emas, balki ishonch va xizmat koʻrsatish sifatiga quriladi.
— Kichik mijozlar bazasiga tayangan biznes keyinchalik qanday o‘sishi mumkin?
— Oldingizda bir nechta yo‘l bor. O‘z mijozlar bazasini asta-sekin kengaytirish, yaʼni tanlagan toifalarini chuqurroq o‘rganish, mavjud mijozlarning tavsiyalari orqali yangi mijozlar bilan ish boshlash.
Agar biznesini kengaytirish qiziq bo‘lsa, yangi kelganlarga ham ayni amaliy qadamlarni o‘zlashtirishga yordam berishi mumkin: mahsulotni qanday o‘rganish, u haqida to‘g‘ri soʻzlab berish, mijozlar bilan qanday ishlash va xizmat koʻrsatishda davom etish.
Vaqt o‘tishi bilan jamoa ham shakllana boshlaydi. Biroq maqsad jamoa tuzishdangina iborat emas va yangi mijozlarning ro‘yxatdan o‘tishi o‘z-o‘zidan daromad keltirmaydi. Biznes asosida hamon mahsulotlar, mijozlar va ularning xaridlari turadi.

— Unda Amway bilan biznes rivojlantirayotganlarning daromadi nimaga bog‘liq?
— Avvalo, mijozlar tovar aylanmasiga, ya’ni u mahsulotni tavsiya qilgan va tanlov qilishga yordam bergan odamlarning xaridlariga bogʻliq.
Biznesning o‘sib borishi va jamoa rivojlangani sari, ushbu jamoaning tovar aylanmasi va Amway shartlariga bog‘liq qo‘shimcha mukofot mexanizmlari ham qo‘shilib boradi. Ammo bu yerda ham muhimi odamlarning shunchaki qo‘shilgani emas, balki mijozlarning xaridlari va ular bilan bog‘liq tovar aylanmasidir.
Daromadni boshqa har qanday biznesdagi kabi oldindan aniq aytib bo‘lmaydi. U mijozlar soni, xaridlar hajmi, biznesga qancha vaqt ajratilishi, insonning ko‘nikmalari hamda ishini qanchalik izchil yo‘lga qo‘yib, mijozlar bazasini rivojlantirishiga bog‘liq.
— Demak, ofis, ombor va yetkazib berish xizmatini tashkil etmasdan ham ishni boshlash mumkinmi?
— Ha. Bu modelning amaliy afzalliklaridan biri.
Amway’da mahsulot buyurtma qilish uchun rasmiy sayt, ombor, logistika, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli vositalar allaqachon mavjud. Shuning uchun ishni do‘kon ijarasi, mahsulot zaxirasini xarid qilish yoki o‘z yetkazib berish xizmatini tashkil etishdan boshlashi shart emas.
Agar inson daromad olayotgan va biznes yuritayotgan bo‘lsa, albatta, O‘zbekistonda amaldagi qoidalarga muvofiq zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi. Ammo odatiy tadbirkor ish boshlashda vaqt va mablag‘ sarflaydigan ishlarning katta qismi bu yerda kompaniya tomonidan oldindan tashkil etilgan boʻladi.

— Unda uning zimmasiga nimalar yuklatiladi va nimalarni o‘rganish lozim?
— Eng muhimi — avtomatlashtirib bo‘lmaydigan jihatlar: o‘z auditoriyasini tushunish, odamlar bilan muloqot qilishni, ularning ehtiyojlarini eshitishni va ishonchli munosabat qurishni o‘rganishdir.
Amway mahsulotlar haqidagi rasmiy ma’lumot, ta’lim, raqamli materiallar va ish vositalarini taqdim etadi. Inson esa asta-sekin amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi: maslahat berish, xariddan keyin muloqotni saqlash, vaqtini rejalashtirish, mijozlar bazasi bilan ishlash va raqamli kanallardan foydalanish.
Agar u jamoani rivojlantirishga qaror qilsa, yangi vazifalar — murabbiylik, o‘qitish va liderlik qo‘shiladi.
Shu bilan birga, mahsulot ham, biznesni rivojlantirish imkoniyati ham to‘g‘ri va aniq taqdim etilishi muhim. Shu sabab kompaniya rasmiy materiallar va muloqot qoidalarini taqdim etadi: kafolatlangan daromadni va’da qilish yoki mahsulot xususiyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatish taqiqlanadi.
— Amway bilan o‘z biznesini boshlash kimlar uchun mos keladi?
— Bu odamlar bilan muloqot qilishni yoqtiruvchi va o‘zini mustaqil biznesda sinab ko‘rishga qiziquvchilarga mos. Shuningdek, ko‘pchilik kabi umumiy qiziqishlarga ega, tajriba almashadigan va bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan ijobiy, faol insonlar hamjamiyatining bir qismi bo‘lish ham muhimdir.
Oldindan tadbirkorlik tajribasiga ega bo‘lish yoki biznes qila bilish shart deb hisoblash kerak emas. Kichik qadamdan boshlash mumkin: mahsulotlar bilan tanishish, dastlabki tavsiyalarni berish, birinchi mijozlar bilan ishlash va bunday ish sizga mos kelishini tushunib olish.
Kimdir uchun bu kichik qo‘shimcha daromad bo‘lib qoladi. Kimdir unda oʻz salohiyatlarini ko‘rib, mijozlar bazasini kengaytirish, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va vaqt o‘tishi bilan kattaroq biznes qurishni xohlaydi. Bu yerda yagona majburiy ssenariy yo‘q.

— Sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlarga nimadan boshlashni tavsiya qilgandingiz?
— Oʻzi uchun haqiqatan qiziq va tushunarli bo‘lgan narsadan boshlashni, albatta.
Misol uchun, «Salomatlik» va biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari, og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish yoki uy uchun mahsulotlar kabi o‘ziga yaqin toifani tanlash mumkin. Rasmiy ma’lumotlarni o‘rganish va istasa, mahsulotdan shaxsan foydalanib, o‘z tajribasini orttirish imkoniyati mavjud. Keyin esa mahsulot haqiqatan foydali va qiziqarli bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarga u haqida gapirib berish mumkin.
Birinchi mijozlar sizga — odamlar bilan muloqot qilish, maslahat berish, munosabatlarni saqlash, fikr-mulohazalarini tinglash va mijozlar mahsulot uchun yana qaytib kelishini ko‘rish — siz uchun mos yoki mos emasligini tez fursatda anglashga yordam beradi.
Agar bu yaxshi natija bersa va qiziqish uyg‘otsa, keyingi qadam tabiiy ravishda paydo bo‘ladi: mijozlar bazasini kengaytirish, kelajakda agar istak bo‘lsa, boshqalarga ham xuddi shunday ishlashni o‘rgatish.
Shunday qilib, qariyb yetmish yil avval michiganlik ikki do‘stning hikoyasi boshlangan American Way bugun O‘zbekistonda o‘z yoʻlini davom ettirmoqda— bu barchasini kichik qadamdan boshlash, o‘zingizni amalda sinab ko‘rish va qanchalik davom etishni mustaqil hal qilish imkoniyatidir.