9-oktabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

9-oktabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, faqat Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida, shuningdek, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda 25–27° bo‘ladi
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 12–14°, kunduzi 25–27° bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 8–13°, kunduzi 22–27°; Buxoro va Navoiyda 10–15° hamda 23–28° bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, o‘qing: 11 – 12-oktabrda 9 viloyatda sel xavfi kutilmoqda
Janubda 32° gacha issiq
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 10–15°, kunduzi 22–27° bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda esa harorat kechasi 12–17°, kunduzi 27–32° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Tog‘larda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 10–15°, kunduzi 22–27° bo‘ladi va ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida ham ayrim joylarda yomg‘ir kutiladi. Bu hududlarda kechasi 5–10°, kunduzi 13–18° bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 8-oktabr kuni O‘zbekistonda, asosan, quruq ob-havo bo‘lganini yozgan edi.