2,5 ming dollar: ikkilamchi bozorda Damas narxlari qancha

9-oktabr 2026 11:53 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2,5 ming dollar: ikkilamchi bozorda Damas narxlari qancha
Foto: SI / videodan

8-oktabr kuni Namangan viloyatidagi Norin avtomobil bozorida sotuvga qo‘yilgan Damas avtomobillari narxi ishlab chiqarilgan yili, yurgan masofasi va holatiga qarab $2,5 mingdan $7,9 minggacha bo‘lgan. Sotuvchilardan biri bozorda ayrim Damaslar narxi avvalgiga nisbatan $500–600 ga arzonlaganini aytdi.

2026-yilgi Damas $7,1 mingdan taklif qilindi

Bozordagi 2026-yilda ishlab chiqarilgan, 500 kilometr yurgan, propan gaz uskunasi, chexol va qo‘shimcha shovqin izolyatsiyasiga ega Damas uchun $7,9 ming so‘ralgan.

Shu yilgi bazaviyroq Damaslar esa $7,1 mingdan taklif qilingan. Sotuvchi narx bo‘yicha yana kelishish mumkinligini bildirgan.

2022-yilgi Damaslar $4,9–5,5 ming atrofida

Shuningdek, o‘qing: Damas’ni mahrga so‘radim. Aqldan ozganmanmi?

2022-yilda ishlab chiqarilgan Damaslarning narxi holati va yurgan masofasiga qarab farq qilgan.

Masalan, 27 ming kilometr yurgan avtomobil uchun $5,2 ming, 90 ming kilometr yurgani uchun qariyb $5 ming, 117 ming kilometr yurgan Damas uchun esa $4,9 ming so‘ralgan. 144 ming kilometr yurgan boshqa avtomobil $5,5 mingga taklif qilingan.

Eski Damaslar $2,5 minggacha tushgan

2019-yilda ishlab chiqarilgan va 129 ming kilometr yurgan Damas uchun $4,4 ming narx aytilgan. 2012-yilgi, 605 ming kilometr yurgan avtomobil $3,6 mingga taklif qilingan.

Eng arzon variantlardan biri 2007-yilda ishlab chiqarilgan, 325 ming kilometr yurgan Damas bo‘lib, uning narxi $2,5 mingdan ham pastroqqa kelishilishi mumkinligi aytilgan.

Keltirilgan summalar 8-oktabr kuni Norin avtomobil bozorida sotuvchilar tomonidan aytilgan narxlar. Ular bozorning rasmiy o‘rtacha narxini anglatmaydi va avtomobil holati hamda savdolashuvga qarab o‘zgarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istondagi avtosalonlardan birida Chevrolet Cobalt, Onix hamda JAC avtomobillarining amaldagi narxlari ko‘rib chiqilgandi. Avtosalondagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Cobalt narxi $14 mingdan boshlanadi.

2026-yilgi Cobalt esa $14,5 ming atrofida taklif qilinmoqda. Ushbu komplektatsiyada 15 dyuymli yengil qotishmali disklar mavjud. Soddaroq versiyalarda esa 14 dyuymli po‘lat disklar o‘rnatilgan.

Shuningdek