Samsung Galaxy S26 FE Kanadada 100 dollar arzonlashdi

9-oktabr 2026 09:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 FE Kanadada 100 dollar arzonlashdi
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy S26 FE smartfoni uchun vaqtinchalik chegirma e’lon qildi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

OCTSALE promo-kodi orqali qurilma narxini CA$150 ga, ya’ni 9-oktabr kursi bo‘yicha qariyb $106 ga kamaytirish mumkin.

Trade-in orqali yana $436 gacha tejash mumkin

Samsung eski qurilmani trade-in dasturi orqali topshirgan xaridorlarga CA$620 gacha qo‘shimcha chegirma taklif qilmoqda. Bu 9-oktabr kursi bo‘yicha qariyb $436 ga teng.

Shuningdek, talabalar, o‘qituvchilar, keksalar, ayrim kompaniya xodimlari va favqulodda xizmat vakillari uchun qo‘shimcha chegirmalar va maxsus narxlar mavjud.

Ikki xotira va uch rang

Galaxy S26 FE Kanadada 128 GB va 256 GB ichki xotirali versiyalarda sotiladi. Smartfon Pistachio, Blueberry va Graphite ranglarida taklif qilinmoqda.

OCTSALE promo-kodi bo‘yicha chegirma cheklangan muddat davomida amal qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S25 uchun One UI 9.0 Yevropada chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek