Buxoroda 500 dollar olgan shifokor ushlandi

eʼlon qilindi
U fuqaro uchun akademik ta’til olishga asos bo‘ladigan tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilgani aytilmoqda
Buxoroda 500 dollar olgan shifokor ushlandi
Foto: Departament

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida fuqaroga tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berish evaziga $500 olgan shifokor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Tezkor tadbir Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan.

Ma’lumotnoma uchun $500 so‘ragan

Tergovga qadar tekshiruv ma’lumotiga ko‘ra, tumandagi oilaviy poliklinika shifokori poliklinikada yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroga o‘qish joyidan akademik ta’til olish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilgan.

Departamentning bildirishicha, shifokor buning evaziga $500 olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda 1,2 kg dan ortiq sintetik narkotik moddalari musodara qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek