Soliq qo‘mitasiga 35 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi

eʼlon qilindi
2026-yil yanvar – sentabr oylarida murojaatlarning 82,6 foizi elektron shaklda yuborilgan
Soliq qo‘mitasiga 35 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi
Foto: depositphotos

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida elektron hujjat aylanish tizimi orqali jami 35 042 ta murojaat ro‘yxatga olingan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Shundan 28 776 tasi yoki 82,6 foizi elektron, 4 400 tasi og‘zaki, 1 866 tasi esa yozma shaklda kelib tushgan.

Eng ko‘p murojaat Toshkent shahridan kelgan

Hududlar kesimida eng ko‘p murojaat Toshkent shahridan kelib tushgan – 12 775 ta. Bu umumiy murojaatlarning 36,5 foiziga teng.

Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 3 213 ta murojaat bilan 9,2 foiz, Samarqand viloyati esa 2 903 ta murojaat bilan 8,3 foiz ulushni egallagan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 2 460 ta, Farg‘ona viloyatidan 2 131 ta, Andijon viloyatidan 1 930 ta murojaat kelib tushgan.

Manba: Soliq qo‘mitasi

Eng ko‘p savollar soliqlarni tushuntirish bilan bog‘liq

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar orasida soliqlarga oid tushuntirish berish bo‘yicha so‘rovlar eng ko‘p bo‘lgan – 16 864 ta.

Soliqlardan ozod qilish va imtiyoz berish bo‘yicha 431 ta, tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan 206 ta, tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi qonunbuzarliklar bo‘yicha esa 16 ta murojaat qayd etilgan.

Yana 17 525 ta murojaat boshqa masalalar, jumladan, ma’lumot taqdim qilish, ijtimoiy masalalar va minnatdorlik bilan bog‘liq bo‘lgan.

Shuningdek, o‘qing: Soliqchilar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi

33,5 mingdan ortiq murojaat hal etilgan

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 33 527 tasi yoki 95,7 foizi hal qilingan.

79 ta murojaat tegishli tashkilotlarga yuborilgan, 137 tasi o‘rganish jarayonida tasdig‘ini topmagan, 33 tasi anonim bo‘lgani uchun ko‘rmasdan qoldirilgan.

Shuningdek, 1 266 ta murojaat belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmagani qayd etilgan.

«Qayta aloqa» tizimiga 56 mingdan ortiq murojaatlar kelgan

«Soliq organlari bilan qayta aloqa» axborot tizimi orqali esa 56 049 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 55 992 tasiga javob berilgan, 57 tasi o‘rganish jarayonida bo‘lgan.

Soliq.uz saytining «Bizga xabar yuboring» xizmati va Soliq mobil ilovasining «Xabar yuborish» bo‘limi orqali jami 56 049 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 55 324 tasi sayt orqali, 725 tasi esa mobil ilova orqali yuborilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 511 nafar soliq inspektori mukofotga tavsiya etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek