O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Ozarbayjon poytaxti Bakuda o‘tkazilgan jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqaning saralash bosqichida o‘zbekistonlik dzyudochilar Germaniya va Gruziya terma jamoalarini mag‘lub etdi. Yarim finalda esa Rossiya jamoasiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bronza medali uchun kechgan bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Mo‘g‘uliston ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, jahon chempionatining sovrindoriga aylandi.
Jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslarida Yaponiya oltin, Rossiya kumush medalni qo‘lga kiritdi. Gruziya va O‘zbekiston terma jamoalari esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Avvalroq O‘zbekiston boks terma jamoasi murabbiyi Akmal Xasanov Qozog‘iston bokschilari bilan o‘tkazilayotgan qo‘shma mashg‘ulotlar haqida ma’lum qilgandi.