Turkiyada sog‘lig‘i yomonlashgan 19 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

eʼlon qilindi
Aeroportda hushini yo‘qotgan
Turkiyada sog‘lig‘i yomonlashgan 19 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Foto: Istanbul Boshkonsulxonasi

Turkiyada ishlayotgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sabab shifoxonaga yotqizildi. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi ko‘magida u O‘zbekistonga qaytarildi.

Ma’lumotga ko‘ra, A.S. Turkiyaga ishlash maqsadida borgan. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab mehnat faoliyatini davom ettira olmagach, O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan.

U aviachipta xarid qilib, Istanbul aeroportiga kelganida sog‘lig‘i keskin yomonlashib, hushini yo‘qotgan.

Shifoxonada davolangan

Fuqaro shoshilinch ravishda Istanbulning Bashakshehir tumanidagi Çam ve Sakura shahar shifoxonasiga olib borilgan.

U yerda unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Davolanish xarajatlarining bir qismi Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar ko‘magida qoplangan.

O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi fuqaroning holatini nazoratga olib, uning vatanga qaytishini tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rgan.

Natijada 19 yoshli A.S. tegishli tashkilotlar hamkorligida O‘zbekistonga qaytarildi. Bosh konsulxona og‘ir vaziyatda qolgan fuqaroga yordam bergan vatandoshlarga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada majburiy nikohga undalgan 17 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek