199 tadbirkorga gaz va elektr uchun ortiqcha to‘lov yozilgan — O‘zenergoinspeksiya

eʼlon qilindi
Tadbirkorlarning gaz va elektr to‘lovlarida xatolar aniqlanib, ortiqcha yozilgan mablag‘lar qayta ko‘rib chiqildi
Foto: depositphotos.com

O‘zenergoinspeksiya tekshiruvlari natijasida 199 tadbirkorga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun jami 15,7 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangani aniqlanib, bu mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda OAV uchun kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda O‘zenergoinspeksiya Axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev ma’lum qildi.

15,7 mlrd so‘m qayta hisoblandi

Joriy yilda tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha hisob-kitoblari o‘rganilib, ulardagi xato va kamchiliklar aniqlangan. Natijada 199 tadbirkorga elektr energiyasi uchun ortiqcha hisoblangan 3 mlrd 632 mln so‘m hamda tabiiy gaz uchun 12 mlrd 84 mln so‘m qayta hisob-kitob qilingan.

Noqonuniy foydalanishdan 825,3 mlrd so‘m zarar

Brifingda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha ham ma’lumot berildi. To‘qqiz oy davomida 29,1 mln kub metr tabiiy gaz va 226,4 mln kVt·soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning oqibatida davlat manfaatlariga jami 825,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani qayd etildi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 4 196 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning bir nechta hududida jami 2,46 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek