AQShdagi mavsumiy ishlar uchun o‘zbekistonliklar 12 hafta tayyorlanadi

eʼlon qilindi
Ish beruvchilar tanlovda ishtirok etadi
AQSh muhojirlarga ishlash uchun ruxsat muddatini qisqartirdi
Foto: Reachimmigration

Migratsiya agentligi va AQShning Head Honchos kompaniyasi o‘zbekistonliklarni AQSh qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarga tayyorlash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqishga kelishdi. Dastur taxminan 12 hafta davom etadi.

Migratsiya agentligi rahbari Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Head Honchos kompaniyasi vakillari bilan onlayn muzokara o‘tkazdi.

Kelishuvga ko‘ra, nomzodlar uchun ingliz tili, qishloq xo‘jaligi texnikasini boshqarish, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, payvandlash hamda mehnat xavfsizligi bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqiladi.

AQShdagi mavsumiy ishlar uchun o‘zbekistonliklar 12 hafta tayyorlanadi
Foto: Migratsiya agentligi

Ish beruvchilar tanlovda ishtirok etadi

AQShdagi ish beruvchilar o‘quv dasturini ishlab chiqish, nomzodlarni sinovdan o‘tkazish va yakuniy sertifikatlash jarayonida qatnashadi.

Maqsad – birinchi guruhni AQShdagi bahorgi qishloq xo‘jaligi mavsumiga tayyorlash.

O‘zbekistonlik ishchilarga qiziqish ortmoqda

Amerikalik hamkorlar ma’lumotiga ko‘ra, AQSh fermerlarining o‘zbekistonlik ishchilarni mavsumiy ishlarga jalb qilishga qiziqishi ortib bormoqda.

Aniq vakansiyalar va tanlov mezonlari tasdiqlangach, nomzodlarni saralash hamda tayyorlash jarayoni boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiyada 300 dan ortiq o‘zbekistonlik uchun ish o‘rni rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.

Shuningdek