Issiqxonalarga «yashil» shart bilan ishlash taklif qilindi

eʼlon qilindi
Issiqxonalar ekologik toza energiyaga o‘tishi mumkin
Buxoro viloyatidagi besh ming xonadonda issiqxonalar tashkil etiladi
Foto: Smartm

Poytaxt mintaqasidagi issiqxonalarga ekologik toza isitish texnologiyalariga o‘tish sharti bilan faoliyatini davom ettirishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Ekologik xavfsiz isitish tizimlari bilan jihozlanmagan issiqxonalarga nisbatan esa taqiq saqlanib qoladi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, havo haroratining pasayishi va shamolsiz ob-havo sharoitida poytaxt mintaqasida ko‘mir yoqadigan issiqxonalardan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar bo‘yicha murojaatlar ko‘paygan.

Xususan, Yunusobod tumani aholisi havo sifati yomonlashgani va issiqxonalarni ko‘mir bilan isitish natijasida noxush hidlar paydo bo‘layotgani haqida shikoyat qilgan.

Murojaatlardan so‘ng mutasaddi tashkilotlar joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazgan va havodan namunalar olgan.

Issiqxonalar ekologik toza energiyaga o‘tishi mumkin

Taklifga ko‘ra, davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgan issiqxonalar tabiiy hamda suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, geotermal va quyosh energiyasi hamda issiqlik elektr stansiyalarining ikkilamchi issiqlik energiyasidan foydalanishi mumkin.

Issiqxona xo‘jaliklari energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy isitish tizimlariga o‘tish va atmosferaga chiqarilayotgan moddalarni onlayn kuzatib borish tizimini o‘rnatishni ham taklif qilmoqda.

Ko‘mirdan foydalanishga ham shart bilan ruxsat berilishi mumkin

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoni bo‘lmagan hollarda ko‘mir yoqishga ham ruxsat berish taklif qilinmoqda.

Buning uchun issiqxonalar zamonaviy sertifikatlangan isitish qozonlari, chiqindilarni tozalash va filtrlash uskunalari bilan jihozlanishi kerak. Shuningdek, videokuzatuv o‘rnatilib, ma’lumotlar Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Milliy ekologik monitoring markaziga uzatilishi ko‘zda tutilgan.

Sinovdan o‘tkazilgan filtr talabga javob bermadi

Shuningdek, o‘qing: Toshkent viloyatida ekologiyaga zarar yetkazayotgan issiqxonalar demontaj qilinmoqda

Ekologiya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi va Energetika vazirliklari hamda boshqa idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh issiqxonalarning takliflarini o‘rganmoqda.

Issiqxona vakillari Xitoy texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan qozon va filtr tizimining tajriba namunasini taqdim etgan.

30-sentabr va 8-oktabr kunlari o‘tkazilgan o‘lchovlar ushbu filtr yordamida chiqarilayotgan moddalar ko‘rsatkichlari belgilangan xavfsizlik me’yorlariga hali mos kelmasligini ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng filtrni takomillashtirish va yangi namuna tayyor bo‘lgach, qayta sinovdan o‘tkazishga kelishilgan.

«Yashil» issiqxonalar uchun imtiyozlar rejalashtirilmoqda

Ishchi guruh issiqxona qozonlari filtrlari uchun xavfsiz chiqindi standartlarini belgilovchi hujjat loyihasini ham tayyorlagan.

Bundan tashqari, «yashil issiqxonalar»ga o‘tishni rejalashtirayotgan xo‘jaliklar uchun subsidiyalar va soliq imtiyozlari paketini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Ekologik xavfsiz isitish tizimlari bilan jihozlanmagan issiqxonalarning poytaxt mintaqasida faoliyat yuritishiga qo‘yilgan taqiq esa saqlanib qoladi. Ekologiya qo‘mitasi ularning faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq issiqxonalar uchun soliq stavkasini 10 baravar oshirish taklif qilinayotgani xabar berilgandi.

Shuningdek