Xpeng G9L avtomobili sotuvga chiqdi — narx

13-oktabr 2026 15:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xpeng G9L avtomobili sotuvga chiqdi — narx
Foto: CarNewsChina

Xpeng kompaniyasi Xpeng G9L elektr krossoverini Yevropada sotuvga chiqardi. Model sakkizta mamlakat – Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, Shvetsiya va Avstriyada taqdim etildi.

G9L Avstriyaning Grats shahridagi Magna zavodida ishlab chiqarilayotgan Xpeng’ning to‘rtinchi modeli hisoblanadi. Dastlabki ishlab chiqarisholdi avtomobili Gratsdan Parijgacha 1 324 km masofani bosib o‘tib, 2026-yilgi Parij avtosalonida namoyish etilgan.

Eng arzon narx Norvegiyada

Xpeng G9L Fransiyada 74 990 yevro, ya’ni qariyb $83,9 mingdan sotiladi. Germaniyada narx 74 600 yevro yoki $83,4 ming, Niderlandiyada esa 76 990 yevro yoki $86 mingni tashkil qiladi.

Belgiyada model $83,9 ming, Avstriyada $84,5 ming, Shvetsiyada qariyb $84,8 mingdan taklif etiladi. Daniyada esa narx $95,7 minggacha yetadi.

Eng past narx Norvegiyada qayd etilgan – 749 900 krona yoki taxminan $78,3 ming.

Foto: CarNewsChina

Yevropada 6 va 7 o‘rinli versiyalar bo‘ladi

Xitoyda G9L faqat ikki qatorli salon bilan taklif qilinsa, Yevropa versiyasi uch qatorli bo‘lib, olti yoki yetti o‘rinli konfiguratsiyada sotiladi.

Krossoverning uzunligi 5 120 mm, kengligi 1 999 mm, balandligi 1 788 mm. G‘ildirak bazasi 3 100 mm ni tashkil etadi.

Bir quvvatlashda 591 km gacha yuradi

Xpeng G9L 106,7 kVt/soat sig‘imli NMC batareyasi bilan jihozlangan. Yurish zaxirasi uzatma turiga qarab WLTP siklida 553 – 591 km ni tashkil etadi.

Orqa g‘ildirakdan tortuvchi bazaviy versiya 100 km/soat tezlikka 7 soniyada chiqadi. To‘liq uzatmali AWD versiyasiga esa buning uchun 4,9 soniya kifoya qiladi.

Orqa g‘ildiraklarning burilish tizimi tufayli avtomobilning burilish radiusi 5,5 metrdan kam.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Xpeng GX avtomobili Range Roverga aylantirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek