Gulistonda narkolaboratoriya fosh qilindi

eʼlon qilindi
Ko‘p qavatli uydagi xonadondan qariyb 5,9 kg pregabalin va 100 ming dona bo‘sh kapsula topildi
Gulistonda narkolaboratoriya fosh qilindi
Foto: DXX videosidan ekran tasviri

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida Guliston shahrida narkolaboratoriya fosh qilindi.

Ma’lumotga ko‘ra, 2003 va 2005-yillarda tug‘ilgan uch nafar mahalliy fuqaro ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga qayta ishlov berib, ularni sotish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Xonadondan 5,8 kg pregabalin topildi

Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish jarayonida manzildan 5 kg 863 gramm pregabalin kuchli ta’sir qiluvchi moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, 100 ming dona bo‘sh kapsula, ikkita elektron tarozi, tibbiy qo‘lqoplar va boshqa buyumlar ham topilgan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276¹-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri noqonuniy tamaki savdosida minglab qutilar musodara qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek