Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi

Navoiy shahri hokimi lavozimiga Bobur Islomov nomzodi xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tasdiqlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Navoiy shahrining avvalgi hokimi Dilmurod Ergashev lavozimidan ozod etildi.
Yangi hokim avval qayerda ishlagan
Navoiy viloyati hokimining 2026-yil 13-oktabrdagi qaroriga muvofiq, Bobur Islomov shahar hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Yangi hokim zimmasiga shahar infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda mavjud muammolarni hal etish vazifalari yuklatildi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga yangi hokim tasdiqlangani haqida yozgan edi.