Qirg‘izistonda zilzila bo‘ldi: Farg‘ona vodiysida 3 ballgacha sezildi

14-oktabr kuni soat 13:50 da Qirg‘izistonning Botken viloyatida 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida ham sezilib, ayrim hududlarda 3 ballgacha yetdi. Bu haqda Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishining O‘zbekiston hududidagi sezilish kuchi quyidagicha bo‘lgan:
- Farg‘ona tumani – 2-3 ball, episentrdan 18 km;
- Quvasoy shahri – 2-3 ball, 20 km;
- Farg‘ona shahri – 2 ball, 25 km;
- Marg‘ilon shahri – 2 ball, 34 km.
Zilzila episentri Toshkentdan janubi-sharqda, 251 km masofada joylashgan.
Zilzilaning magnitudasi 3,4 ga teng
Qayd etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila 14-oktabr kuni soat 13:50:05 da sodir bo‘lgan. Uning magnitudasi 3,4, o‘chog‘i esa 10 km chuqurlikda joylashgan.
Episentr koordinatalari – 40,16° shimoliy kenglik va 71,82° sharqiy uzunlik.
Avvalroq 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonda 2 233 ta zilzila va 41 ta favqulodda vaziyat qayd etilgani haqida xabar berilgandi.