BMW 7 Series yana V8 dvigatelga ega bo‘ldi

15-oktabr 2026 08:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BMW 7 Series yana V8 dvigatelga ega bo‘ldi
Foto: BMW

BMW flagman sedani BMW 7 Series’ning yangi M760 xDrive versiyasini taqdim etdi. Model 4,4 litrli ikki turbinali V8 dvigatel bilan jihozlandi va 570 ot kuchi ishlab chiqaradi.

Yangi versiyada V8 qaytdi

BMW 7 Series oilasiga kiruvchi yangi M760 xDrive M Performance liniyasiga mansub bo‘ldi. Avtomobil kapoti ostiga 4,4 litr hajmli, ikki turbinali V8 motor o‘rnatilgan. U 570 ot kuchi ishlab chiqaradi. Taqqoslash uchun, oldingi 760i versiyasi 536 ot kuchiga ega edi.

V12 o‘rniga ixchamroq motor

Kompaniya oldingi avlod M760i’da qo‘llanilgan 6,6 litrli V12 dvigatelni qaytarmadi. Uning o‘rnini sakkiz silindrli, nisbatan ixchamroq motor egalladi. Quvvat barcha to‘rt g‘ildirakka xDrive to‘liq uzatma tizimi orqali uzatiladi.

Nomlanishda ham o‘zgarish bor

BMW yangi model nomida ham o‘zgarish qildi. Ilgari benzinli versiyalar nomida ishlatilgan «i» harfi endilikda, asosan, elektromobillarda saqlab qolinadi. Shu sababli yangi sedan M760 xDrive deb nomlandi.

Yevropa bozori uchun ham tayyorlandi

Avvalgi 760i Yevropada sotilmagan edi. Yangi M760 xDrive esa Yevropa bozoriga ham chiqishi kutilmoqda. Bu esa BMW muhandislari V8 dvigatelni Euro 7 ekologik standartlariga moslashtira olganini anglatishi mumkin.

7 Series oilasidagi o‘rni

Yangi M760 xDrive 7 Series qatoridagi M Performance belgili uchinchi model bo‘ladi. Hozir bu oilada unga qo‘shimcha ravishda plagin-gibrid M760e hamda to‘liq elektr i7 M70 ham bor.

Narxi hozircha ochiqlanmadi

BMW M760 xDrive narxini hozircha e’lon qilmagan. Biroq yangi versiya avvalgi 760i’dan qimmatroq bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, 760i AQSh bozorida $117 395 dan boshlangandi.

Avvalroq «Kursiv» Chevrolet Cobalt kuniga 107 ming so‘mdan taklif qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek