Chevrolet Blazer uchun chegirmalar e’lon qilindi

15-oktabr 2026 08:37 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Blazer uchun chegirmalar e’lon qilindi
Foto: Chevrolet

Chevrolet AQSh bozorida 2026-yilgi Chevrolet Blazer modeli uchun oktabr oyiga mo‘ljallangan yangi moliyaviy takliflarni e’lon qildi. GM Authority ma’lumotiga ko‘ra, xaridorlarga past foizli kredit, lizing va dastlabki oylik to‘lovlarni keyinga surish imkoniyati taklif qilinmoqda.

Kredit stavkasi 1,9 foiz

2026-yilgi Chevrolet Blazer’ni GM Financial orqali moliyalashtirgan xaridorlar uchun 36 oyga 1,9 foizlik yillik stavka taklif etilmoqda.

Shuningdek, ayrim xaridorlar uchun dastlabki oylik to‘lovlarni 92 kungacha kechiktirish imkoniyati mavjud. Taklif Pensilvaniya shtati aholisi uchun amal qilmaydi.

Foto: Chevrolet

Lizing oyiga $319 dan boshlanadi

Chevrolet Blazer LT FWD versiyasi uchun 24 oylik lizing dasturi ham taklif qilinmoqda.

Asosiy shartlardan biri oyiga $349 to‘lov va yiliga 10 ming milgacha yurish limitidir. Bunda shartnoma tuzishda $5 319 to‘lanadi.

2021-yil yoki undan yangi avtomobilni amaldagi lizing asosida ishlatayotgan ayrim mijozlar uchun boshlang‘ich to‘lov $2 819 gacha kamayishi mumkin.

Yana bir dasturda oylik to‘lov $319 etib belgilangan. Bunda umumiy xaridorlar uchun shartnoma tuzishda $8 346, GM xodimlari va mos keluvchi oila a’zolari uchun esa $2 509 to‘lov talab qilinadi.

Takliflar 2026-yil 4-noyabrgacha amal qiladi.

Foto: Chevrolet

Narxlar $36,3 mingdan boshlanadi

2026-yilgi Chevrolet Blazer AQShda uchta komplektatsiyada taklif etiladi: 2LT – $36 295, 3LT – $41 695, RS – $45 595. Bu narxlarga $1 995 miqdoridagi yetkazib berish to‘lovi ham kiritilgan.

Ikki xil dvigatel taklif qilinadi

Blazer 228 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbomotor yoki 308 ot kuchiga ega 3,6 litrli V6 dvigatel bilan jihozlanadi.

Har ikki motor to‘qqiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Old g‘ildirakdan tortish standart, to‘liq uzatma esa opsiya sifatida taklif qilinadi.

V6 dvigatel va maxsus tirkama paketi bilan avtomobil 4 500 funt, ya’ni qariyb 2 041 kg gacha yuk torta oladi.

Avvalroq «Kursiv» Chevrolet Cobalt kuniga 107 ming so‘mdan taklif qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek