Qor va yomg‘ir: 15-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Tog‘larda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin
Qor va yomg‘ir: 15-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: depositphotos

15-oktabr kuni O‘zbekistonning katta qismida ob-havo o‘zgaruvchan va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–14 daraja, kunduzi 23–25 daraja bo‘ladi.

Hududlarda harorat 28 darajagacha yetadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 21–26 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 22–27 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechasi 10–15 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz iliqroq bo‘ladi — kunduzi harorat 23–28 darajagacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.

Tog‘larda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin.

Bu hududlarda harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 14–19 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 14-oktabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek