Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ta’lim muassasalariga tashrif buyurdi

eʼlon qilindi
Ta’lim uslublari bilan tanishildi
Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ta’lim muassasalariga tashrif buyurdi
Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va «Yenidog‘u» maktabiga tashrif buyurdi. Tomonlar ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va yoshlar hamda pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib oldi.

Saida Mirziyoyeva tashrif davomida universitet va maktabdagi o‘qitish usullari, yoshlarning iqtidorini rivojlantirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan yondashuvlar bilan tanishganini ma’lum qildi.

«Ushbu muassasalarning o‘qitish uslublari, yondashuvlari menda katta qiziqish uyg‘otdi», – deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Uning qayd etishicha, bu ta’lim maskanlarida ta’lim sifati va yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilgan.

Hamkorlikni kengaytirishga kelishildi

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Tashrif davomida O‘zbekiston va Turkiyadagi ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilingan.

«Ta’lim maskanlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar, pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib oldik», – dedi u.

Ta’lim ikki davlat aloqalarining muhim yo‘nalishi

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Saida Mirziyoyeva ta’lim sohasidagi hamkorlik O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

«Mazkur yo‘nalishdagi hamkorligimiz yoshlarning o‘qib-o‘rganishi, dunyoqarashi o‘sishi hamda bir-birini yanada yaqindan tanishiga xizmat qiladi», – deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbulni suv bosdi: yomg‘irda 2 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Sarıyer tumanida 200 dan ortiq odamlar suv bosgan hududlardan evakuatsiya qilindi, shahar bo‘ylab esa favqulodda xizmatlarga 2,5 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Shuningdek