
Samsung Niderlandiyada Samsung Galaxy S26 seriyasi uchun yangi trade-in aksiyasini boshladi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
UPGRADE2 promo-kodi orqali eski qurilmasini topshirgan xaridorlar yangi smartfon xaridida qo‘shimcha 75 yevrodan 300 yevrogacha chegirma olishi mumkin. Aksiya Galaxy S26 FE, Galaxy S26, Galaxy S26+ va Galaxy S26 Ultra modellari uchun amal qiladi.
Eng katta bonus Galaxy S26 Ultra uchun
Bonus miqdori model va xotira hajmiga qarab farqlanadi. Galaxy S26 FE uchun 75 yevro, Galaxy S26 uchun 100 yevro, Galaxy S26+ uchun 200 yevro bonus beriladi.
Galaxy S26 Ultra’da esa 256 GB versiya uchun 200 yevro, 512 GB uchun 250 yevro va 1 TB variant uchun 300 yevro qo‘shimcha chegirma taqdim etiladi.
Mazkur bonus topshirilayotgan eski qurilmaning trade-in qiymatiga qo‘shimcha ravishda hisoblanadi.

Promo-kod 25-oktabrgacha amal qiladi
UPGRADE2 promo-kodi faqat boshqa qurilmani trade-in orqali topshirgan xaridorlar uchun ishlaydi. Aksiya 25-oktabrgacha amal qiladi.
Shuningdek, Galaxy smartfonini xarid qilgan mijozlar bir savatga qo‘shilgan ayrim aksessuarlar, aqlli soatlar, planshetlar va noutbuklarga 30 foiz chegirma olishlari mumkin.
Samsung Care+ uch oy bepul bo‘ladi
Yangi smartfon xaridi vaqtida Samsung Care+ xizmatiga birinchi marta obuna bo‘lgan foydalanuvchilarga dastlabki uch oy bepul taqdim etiladi. Taklif hozircha Niderlandiya bozori uchun e’lon qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Galaxy S27 Ultra maxfiylik ekranining yangi avlodini olishi haqida yozgan edi.